Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov Olma-ota hokimi Baurjan Baybek bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Olma-ota shahri hokimiyati matbuot xizmati xabar beradi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamalash masalalarini muhokama qilishdi.
Joriy yilning 10 oyida Olma-ota va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 62 foizga o‘sib, 200 mln dollarni tashkil etgani ta’kidlandi. Ayni vaqtda Olma-otada 129ta qo‘shma va 236ta o‘zbek korxonasi faoliyat olib bormoqda.
Toshkent va Olma-ota hokimlari uchrashuvida kichik va o‘rta biznesni, shuningdek, aholi uchun turarjoylar qurish hamda turizm sohasini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi