13:53 / 21.12.2016
8 261

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov Janubiy Koreya moliya vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov Janubiy Koreya moliya vaziri bilan uchrashdi

Seulda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov va Janubiy Koreya moliya vaziri Yu Il Xoning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga kelishib olishdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

«O‘zbekiston va Koreya energetika, xom-ashyo sohasidagi o‘zaro aloqalarni kuchaytiradi, shuningdek sanoat bo‘yicha sheriklikni mustahkamlaydi», - deya aytib o‘tdi Yu Il Xo.

Bundan tashqari, tomonlar Janubiy Koreya kompaniyalarining Toshkentdagi loyihalarda ishtirokini kengaytirish yuzasidan ham fikr almashganlar. Ular orasida aeroportning yangi terminali qurilishi ham bor. Seul bu loyihalarni davlat jamg‘armalaridan qo‘llab-quvvatlaydi, deb ta’kidlab o‘tgan koreyalik vazir.

Koreya tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda o‘zaro savdo hajmi 1,3 milliard dollarni tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov Janubiy Koreya moliya vaziri bilan uchrashdi