Lola Karimova Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan ayollar sportiga qo‘shgan hissasi uchun diplom bilan taqdirlandi. U bu haqida o‘z sahifasida ma’lum qildi.
«Men Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan “Ayollar va sport” diplomi bilan taqdirlanganimdan nihoyatda xursandman. Ushbu sharafli diplom sport sohasida gender tenglikni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlar uchun taqdim etildi.
Sportni xotin-qizlar orasida ommalashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarimizga shunday yuqori baho berilgani uchun Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va uning prezidenti Tomas Baxga o‘z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman.
Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlamoq lozimki, bugungi kunda o‘nlab iqtidorli o‘zbekistonlik sportchi ayollar nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, O‘zbekiston sportining xalqaro miqiyosdagi nufuzini yanada oshirishga o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shmoqdalar.
Bizning gimnastika federasiyamiz tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar o‘zbek sportining rivojiga xizmat qilib, sportchilarimizning kelajakdagi g‘alabalari uchun zamin yaratishiga ishonaman.»- deb yozadi Lola Karimova — Tillaeva. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi