Shu kunlarda mamlakatimizda havo tez-tez o‘zgarib turibdi. Qish fasli kirib kelmasidan qor bilan siylagan tabiat dekabr oyi boshida yana iliq ob-havo olib keldi. Bugun O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida havo o‘zgarib, yomg‘ir yog‘di.
Ma’lumotlarga qaraganda, ertaga, 17 dekabr kuni Toshkent shahrida yomg‘ir, qor yog‘adi. 18 dekabr kuni ham qor yog‘ishi kutilmoqda. Dam olish kunlari harorat kunduzi 4 darajagacha iliq bo‘ladi. Kechasi esa 2 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 17-18 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi 5 darajagacha sovuq, kechasi esa 10 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Navoiy va Buxoro viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati esa 5 daraja iliq bo‘ladi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida esa vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi. Harorat kunduzi: 0 +5, kechasi: -3+2.
Qashqadaryo viloyatida 17 dekabr kuni qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatiladi. Harorat kunduzi: +4+9, kechasi: 0+5. 18 dekabr kuni yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi: -3+2, kechasi: +3+8.
Surxondaryo viloyatida 17-18 dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi: +5+10, kechasi: +2+7.
Farg‘ona vodiysida ham vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi. 17 dekabr kuni havo harorati kunduzi: +3+8, kechasi: 0+5. 18 dekabr kuni havo harorati kunduzi: 0+5, kechasi: 0-5. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi