7 200
O‘zbekistonga kelish uchun viza bekor qilingandan so‘ng bu yurtga kelishni istovchi cayyohlar soni 200-300 foizga o‘sdi
Evropa davlatlaridagi bir qator sayyohlik kompaniyalari xabarlariga tayanib, Evropadan O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar soni keskin oshgani ma’lum qilindi. Bu haqida Diydoraziz.uz nashri xabar berdi.
“Aksariyat Evropa davlatlari fuqarolari uchun O‘zbekistonga kelish uchun viza bekor qilingandan so‘ng bu yurtga kelishni istovchilar soni 200-300 foizga o‘sdi”,-deydi Pinneaple Tours Avstriya sayyohlik firmasi sotuv bo‘yicha menejeri Valter Xofer. “O‘zbekiston doim Markaziy Osiyo davlatlari orasida dur bo‘lib kelgan, biroq vizalarni olishga oid qog‘ozbozlik va sansolorlik bu yurtga kelishga bo‘lgan xohishni biroz kamaytirardi. Ushbu cheklovlar olib tashlanishi nafaqat sayyohlik firmalari xodimlari, balki oddiy sayyohlar uchun ham haqiqiy sovg‘a bo‘ldi”,-ta’kidlab o‘tdi u.
“2017 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurishni niyat qilganlar soni 1,5 barobarga oshdi. Bu ko‘rsatgich hali oxiri emas. Sayyohlik firmalari agentlari so‘ziga qaraganda, yanvar-fevral oylarida yurtingizga kelishni istaganlar soni yanayam oshishi mumkin. Chunki aynan ushbu oylarda safar qilishga xohish bildiruvchilar soni ko‘payadi”,-deydi Albatros Tours nemis sayyohlik kompaniyasi rahbari Yurgen Shnayder. Shuningdek fransuzlarning ham yurtimizga qiziqishlari barcha rekord natijalarni urgan. “Haqiqatdan ham, ko‘p yillar mobaynida O‘zbekistonga tashrif buyurib kelgan fransuzlar uchun vizaning bekor qilinishi zo‘r xursandchilik bilan qabul qilindi,-dedi Fransiyadagi Consult Voyages sayyohlik kompaniyasi rahbari Monki Benayke. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi