15:56 / 05.12.2016
8 296

Ertaga respublikaning ba’zi hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga respublikaning ba’zi hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda

Gidrometeorologiya markazi ma’lum qilinishicha, 6 dekabr kuni respublika bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, joylarda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 7-9, kunduzi 15-17 darajaga etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatiladi, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Havo harorati kechasi -2 — +3, kunduzi 0-5 daraja iliqgacha ko‘tariladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliqga etadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, havo harorati kechasi 4-9, kunduzi 13-18 daraja iliqni tashkil etadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, havo harorati kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliqgacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, kechasi 2-7 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, tuman tushadi. Harorat kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ertaga respublikaning ba’zi hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda