14:22 / 22.10.2016
7 756

Tadbirkorlik sub’ektlarini internet orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasi muhokama qilindi

Tadbirkorlik sub’ektlarini internet orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasi muhokama qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikasiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida «Internet orqali tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat etuvchi hujjatlarni topshirish tizimini takomillashtirish va soddalashtirish» mavzuida davra suhbati tashkil etildi. Bu haqda Terabayt.uz yozmoqda.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, huquq va axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Parlament quyi palatasining Axborot va kommunikasiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I. Abdullaev, Savdo-sanoat palatasi raisi A. Shayxov va boshqalar tadbirda chiqish qildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 5 oktyabrda imzolagan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon ijrosi doirasidagi vazifalar muhokama etildi.

Tadbirda tadbirkorlik sub’ektlarini internet orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini tartibga soluvchi qonunchilikni yanada takomillashtirishga doir takliflar bildirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tadbirkorlik sub’ektlarini internet orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasi muhokama qilindi