00:24 / 22.10.2016
14 210

O‘zbekistonda Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashkil etiladi

Mamlakatimizda Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligini tashkil etilishi mumkin. Bu haqda Prezident vazifasini vaqtincha bajarayotgan, shuningdek, bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston hukumatiga rahbarlik qilayotgan Shavkat Mirziyoyevning feysbukdagi sahifasida ma’lum qilingan.

Bosh vazirning Virtual qabulxonasiga uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha fuqarolardan juda ko‘plab murojaatlar tushayotgani sababli ana shunday qaror qabul qilingan. Bundan ko‘zlangan maqsad ushbu sohada boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirishdan iborat. Ayni paytda yangi vazirlikni tashkil etishga doir normativ-huquqiy hujjatlar paketi shakllantirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashkil etiladi