14:54 / 16.10.2016
6 923

O‘zbekistonda 17—18 oktyabr kunlari qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 17—18 oktyabr kunlari qor yog‘ishi kutilmoqda

17—18 oktyabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, 18 oktyabr kuni ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda «Mulohaza.uz» xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 17 oktyabr oqshomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 18 oktyabr oqshomida esa O‘zbekistonning boshqa alohida joylarida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Bundan tashqari, 17—18 oktyabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin.

13 oktyabr kuni kunduzi va 14 oktyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning alohida tog‘li hududlarida birinchi qor yoqqani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 17—18 oktyabr kunlari qor yog‘ishi kutilmoqda