13:52 / 27.09.2016
8 547

Sh. Mirziyoyev Poytaxtda er usti tezyurar metro qurilishi bo‘yicha vazifa berdi

Sh. Mirziyoyev Poytaxtda er usti tezyurar metro qurilishi bo‘yicha vazifa berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev shu yilning 25 sentyabrida Toshkent shahrining Sergeli tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi mavzelari, ko‘p qavatli turar joylar va ijtimoiy soha ob’ektlarini kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi, deb yozadi "Diydoraziz" sayti.

Aholi vakillari va shahar rahbarlari, mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan yirik dastur – Sergeli tumanida 2017-2022 yillarda 500 ta ko‘p qavatli uyning bunyod etilishi bilan bog‘liq loyiha ishlab chiqilganiga alohida to‘xtaldi.

Bu loyihaning amalga oshirilishi qariyb 30 ming oilaning yangi uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi.

Ayniqsa, nurab qolgan eski uylar o‘rnida yangi binolarni qurish, ko‘p qavatli uylardagi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olib, kommunal xizmatlar sifatini oshirish kabi masalalariga alohida e’tiborqaratish bo‘yicha vazifalar bergan.

Shuningdek, Poytaxtda yangi transport-kommunikasiya tarmoqlari,er usti tezyurar metro yo‘nalishlari qurilishini loyihalashtirish ishlarini tezlashtirish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sh. Mirziyoyev Poytaxtda er usti tezyurar metro qurilishi bo‘yicha vazifa berdi