Nyu Yorkda BMT Bosh Assambleyasining71-sessiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda. 23-sentyabrda unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegasiyasi rahbari, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ma’ruza qildi. U jahon hamjamiyati e’tiborini Toshkent nuqtai-nazaridan muhim bo‘lgan xalqaro va mintaqaviy muammolarga qaratdi.
O‘zbekiston TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan o‘tgan yili qabul qilingan va 2016-2030 yillarga mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda, zamonaviy iqlim o‘zgarishlari kuzatilayotgan bir vaqtda ekologiya muhofazasi va atrof-muhitni himoya qilish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Komilovning aytishicha, bu fikrning yaqqol isboti bo‘lgan Orol dengizi fojiasi, o‘zining ekologik-iqlimiy, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar oqibatlari bilan mintaqaning barqaror rivoji, salomatlik va genofondini asrab qolish hamda u erda yashayotgan insonlar kelajagiga tahdid solmoqda. Dengiz qurishining davom etishi va uning atrofida ro‘y berayotgan gumanitar inqiroz, ichimlik suvining tanqisligi va sifatining pasayishi, xavfli kasalliklarning tobora ko‘payishi Orol fojiasining salbiy oqibatlaridir.
“Bu borada bugungi kundagi muhim vazifa Orolbo‘yining tabiiy biologik fondini saqlab qolish, Orol inqirozining atrof-muhit va eng asosiysi, mintaqada yashovchi millionlab insonlarning turmush tarziga salbiy ta’sirini kamaytirishdan iborat”, - degan Abdulaziz Komilov.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Markaziy Osiyo suv-energetika zaxiralarini oqilona boshqarish pozisiyasiga qat’iy ravishda amal qiladi. Bu masalalar, mintaqaning barcha mamlakatlari manfaatlarini e’tiborga olgan holda, suv zaxiralarini adolatli va rasional taqsimlashni kafolatlovchi umumtan olingan xalqaro huquq me’yorlari asosida hal etilishi kerak.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi