11:44 / 19.09.2016
13 751

Lola Karimova Islom Karimov xotirasiga aytilgan gaplarni qayd etib o‘tdi

Lola Karimova Islom Karimov xotirasiga aytilgan gaplarni qayd etib o‘tdi

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova -Tillaeva Islom Karimov xotiralari bilan bog‘liq sanalarni o‘z sahifasida qayd etib bormoqda. Xususan, BMT Bosh Assambleyasining Karimov xotirasini yod etganini ham tarmoqda qayd etib o‘tdi.

«16 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 71-sessiyasining yalpi majlisi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan bir daqiqalik sukut bilan boshlandi.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun O‘zbekiston Prezidenti vafotidan chuqur qayg‘uda ekanligini aytib o‘tdi, va shuningdek Islom Karimovning O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, hamda mintaqada va dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi sa’yi-xarakatlarini alohida ta’kidladi..»- deb yozadi Karimova. O‘zbekistonning 1-prezidenti xotirasi jahon hamjamiyati tomonidan yod etilishi nafaqat Lola Karimova balki, barcha o‘zbekistonliklar uchun ham sharafdir.

Manba: Diydoraziz.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Lola Karimova Islom Karimov xotirasiga aytilgan gaplarni qayd etib o‘tdi