O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovi 3 oy mobaynida o‘tkaziladi. Bu haqda "Kun" nashri xabar qilgan.
"Parlamentning bugungi qo‘shma yig‘ilishida prezident saylovlari aniq sanasi ko‘rib chiqilmadi, bu Markaziy Saylov Komissiyasi vakolatiga kiradi. Konstitusiyaga muvofiq, saylov 3 oy mobaynida o‘tkaziladi", — deyilgan xabarda.
Bundan oldinroq majlisda O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda oxirgi prezidentlik saylovi 2015 yilning martida o‘tkazilgandi. O‘zbekiston prezidenti 5 yil muddatga saylanadi. Mamlakatda oxirgi parlament saylovlari 2014 yilning dekabridan 2015 yilning yanvarigacha bo‘lgan muddatda o‘tkazilgandi.
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2 sentyabr kuni insult oqibatida Toshkent shahrida vafot etdi. Marhum 3 sentyabr kuni o‘z ona shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga ko‘ra dafn etildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi