Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari videoroliklaridan daromad olishning yangi tizimini ishga tushirdi. U video o‘rtasida reklama ko‘rsatishni nazarda tutadi. Bu haqda Recode'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, reklama beruvchilar reklamani foydalanuvchilar rolikning kamida 20 soniyasini tomosha qilishgach, qo‘yish imkoniga ega bo‘lishdi. Shu bilan bir qatorda, videoning o‘zi kamida 90 soniya davom etishi kerak. Reklamadan keluvchi daromadning 55 foizi videoni joylashtirgan foydalanuvchiga taqdim etilsa, qolgani ijtimoiy tarmoqning o‘zida olib qolinadi – xuddi shunday nisbat YouTube’dagi roliklarda ham qo‘llaniladi.
Facebook vakillari yangi reklama shakli haqida ma’lumot berishmadi.
Recode’ning ta’kidlashicha, bu rolik mualliflari o‘z videolari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yirik pulni olishlari mumkin bo‘lgan birinchi tizim bo‘lishi mumkin. Aksariyat videoservislar asosiy video boshida reklama roliklaridan foydalanishayotgan bo‘lsa, Mark Sukerberg bundan voz kechdi.
Facebook bir necha yil davomida foydalanuvchilar orasida videoni faol ravishda targ‘ib etib keldi va 2016 yilda kuniga roliklarni tomosha qilish vaqti – 100 million soatga etdi, deb eslatadi Recode. Shu bilan bir qatorda, reklama beruvchilar ko‘magida roliklarni taqdim etish imkoni faqatgina 2016 yilda paydo bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi