Microsoft kompaniyasi Windows 10 operasion tizimining foydalanuvchi interfeysini yangilash ustida ish olib bormoqda. Kompaniya ichida ushbu yangi loyihani Project Neon deb atashmoqda, deb yozadi Kun.uz sayti.
Yangi dizaynda animasiya hamda blur effekti ko‘proq ishlatiladi. Bundan tashqari, dasturchilarga o‘z ilovasining dizaynini batafsil sozlash imkonini beruvchi Acrylic uskunasi paydo bo‘ladi.
MSPowerUser bergan ma’lumotga ko‘ra, Windows 10’ga bir nechta vizual effektlar qo‘shiladi. Misol uchun, kursor interfeysning biror bir qismiga olib borilganda mazkur joy yonishi yoki uning shaffofligi o‘zgarishi mumkin.
Xulosa qilib aytilganda, Microsoft minimalistik dizayn sari bormoqda. Nashrning ta’kidlashicha, tarmoqda paydo bo‘lgan bu suratlar hozirda konsept ko‘rinishiga ega va natija umuman boshqacha bo‘lishi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!