23:12 / 30.12.2016
6 210

Putinning internet bo‘yicha maslahatchisi Rossiya jahon tarmog‘idan uzilishi mumkinligini aytdi

Putinning internet bo‘yicha maslahatchisi Rossiya jahon tarmog‘idan uzilishi mumkinligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning internet bo‘yicha maslahatchisi German Klimenko RT telekanaliga bergan intervyusida mamlakat jahon internetidan uzilishga tayyor turishi lozimligini bildirdi. Uning fikricha, Rossiya va G‘arb davlatlari munosabatlarining buzilishi shunday oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb xabar beradi Daryo.uz.

Klimenko 2016 yil noyabrida Rossiya aloqa vazirligi runetning nazorati bo‘yicha qonun loyihasini e’lon qilganini eslatib o‘tdi.

«Masalan, xakerlar tijorat banklari strukturasiga kirib, pul o‘g‘irlashi mumkin. Bu yomon, lekin agar ular Markaziy bank tizimlariga kirsa, bu katta fojia bo‘ladi. G‘arblik hamkorlarimiz Qrimni Google va Microsoft servislaridan uzib qo‘ydi. Qrimda turuvchi domenlar egalari ham topganlarini yo‘qotdi», — dedi Klimenko.

Bundan tashqari, mutaxassis 2017 yilda Rossiya va G‘arbning munosabatlarida yomon tomonga «tektonik» o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Shuning uchun hukumat oldida internetning Rossiya segmentini himoya qilish vazifasi turibdi.

«Rossiyada elektron pochta, telegraf, telefon, ijtimoiy tarmoqlar ishlashda davom etishi muhim. O‘ta muhim infrastruktura, shu jumladan, domen zonasi nusxasi bizning hududda joylashishi lozim, hech kim uni o‘chirib qo‘ya olmasligi uchun», — ta’kidladi Klimenko.

So‘zining yakunida maslahatchi ota-onalarga 2017 yilda farzandlarini yurisprudensiya yoki iqtisodiyot emas, dasturchilikka o‘qitishni tavsiya qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Putinning internet bo‘yicha maslahatchisi Rossiya jahon tarmog‘idan uzilishi mumkinligini aytdi