AQShning Apple kompaniyasi 10 nanometrli texnologiya asosida tayyorlanadigan prosessorlarni ishlab chiqarishdagi past ish koeffisienti tufayli navbatdagi iPad planshetlarining namoyishini kechiktirishi mumkin. Bu haqda Terabayt.uz sayti xabar berdi.
Yangi planshetlarning taqdimoti 2017 yilning mart oyiga rejalangan edi. Biroq 10 nm texnologiyasidagi chiplarni tayyorlaydigan TSMC (Taiwan Semiconductor Manufacturing Company) va Samsung kompaniyalari ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda.
TSMC 10 nanometrli Apple A10X chiplarini kelgusi yilning mart oyida yalpi tartibda ishlab chiqarishni boshlashi kerak edi, ammo past ish koeffisienti sabab ushbu grafik buzilganligi aytilmoqda.
Avvalroq paydo bo‘lgan xabarlarga ko‘ra, Apple 2017 yilda 9,7 va 12,9 dyuymli yangi iPad Pro, shuningdek, 7,9 dyuymli iPad mini va ingichka ramkali Home tugmasidan xoli 10,9 dyuymli iPad planshetlarini taqdim qilishi kutilayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qozog‘istonda pedofillar umrbodga qamaladi
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi