13:29 / 24.12.2016
6 128

Yangi LG Gram noutbuklari barmoq izi skaneri bilan jihozlanadi

Yangi LG Gram noutbuklari barmoq izi skaneri bilan jihozlanadi

LG kompaniyasiga qarashli LG Gram nomli mobil kompyuterlar seriyasiga yanada yengil vaznli yangi modellar qo‘shiladi.

Firmaning 2015 yilda chiqarilgan LG Gram versiyasi 980 gr vazn bosar edi, bu galgi yangilangan modelning og‘irligi esa 940 grammni tashkil qilishi ma’lum qilingan.

Terabayt saytining yozishicha, yangi versiyadagi LG Gram 13, 14 va 15 dyuymli versiyalarda ishlab chiqariladi. Ular katta tachpad, barmoq izi skaneri va Thunderbolt 3 porti bilan jihozlanadi. Barcha noutbuklarning ekrani Full HD formatiga ega bo‘lib, IPS matrisasida ishlanadi. Ularga Intel Core i5-7200U va Core i7-7500U prosessorlari o‘rnatilishi mumkin. Operativ xotiraning sig‘imi 8 GB atrofida bo‘lishi aytilmoqda.

Noutbuklar keyingi oyning boshida o‘tkaziladigan CES 2017 ko‘rgazmasida taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yangi LG Gram noutbuklari barmoq izi skaneri bilan jihozlanadi