21:21 / 21.12.2016
6 542

OAV: Apple 2017 yilda iPhone Ferrari modelini sotuvga chiqaradi

OAV: Apple 2017 yilda iPhone Ferrari modelini sotuvga chiqaradi

Apple kompaniyasi dizaynerlik studiyasi taqdim etgan premial smartfonni sotuvga chiqarishga hozirlik ko‘rmoqda. Loyihaning kod oti — Ferrari. Bu haqda «Korrespondent.net» nashriga asoslanib, «Daryo» xabar bermoqda.

Gadjet iPhone’ning kelasi yili taqdim etiladigan uch modelidan biri bo‘ladi.

Xitoy manbalari oxirgi model OLED-displeyga hamda unga o‘rnatilgan Home tugmasiga ega bo‘lishini yozmoqda.

Mishmishlar qay darajada haqiqatga mosligi hozircha noma’lum. Ammo bir muddat ilgari Huawei kompaniyasi ham shu yo‘ldan borib, Mate 9 Porsche Design smartfonini ishlab chiqqan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » OAV: Apple 2017 yilda iPhone Ferrari modelini sotuvga chiqaradi