«Kasperskiy laboratoriyasi» mobil bank «troyan»ining yangi modifikasiyasi Faketoken’ni aniqladi, u o‘yinlar va dasturlar, shu jumladan Adobe Flash Player niqobi ostida Android uchun mo‘ljallangan 2000 dan ortiq moliyaviy dasturlardan ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi, deb yozadi «Daryo».
Kompaniya press-relizida aytilishicha, 27 mamlakatdan 16 mingdan ortiq kishi, asosan, Rossiya, Ukraina, Germaniya va Tailand foydalanuvchilari yangi virus qurbonlariga aylandi.
Shu bilan birga, «Kasperskiy laboratoriyasi» ekspertlari ta’kidlashicha, bank «troyan»i axborotni shifrlay olmaydi. Bunday mobil viruslarning ko‘pchiligi qurilmadagi ma’lumotlarni emas, uning o‘zini bloklab qo‘yadi, chunki ma’lumotlar bulutli servisda saqlanishi mumkin. Biroq Faketoken aynan ma’lumotlarni — ham hujjatlarni, ham mediafayllarni shifrlaydi.
Qurilma «troyan» bilan zararlansa, u administrator huquqini so‘rab, boshqa dasturlar oynalarini yopish yoki SMS bilan ishlash uchun belgilangan dasturga aylanish huquqini so‘raydi. Rad javobi berilsa, dialog oynasi doimiy ravishda qayta yuklanaveradi, natijada foydalanuvchi shunchaki rozi bo‘lishga majbur qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi