Xitoyning UMi kompaniyasi MediaTek Helio X27 prosessorida ishlaydigan birinchi smartfon — UMi Z modelini namoyish qildi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
MediaTek Helio X27 prosessori 10 ta yadro bilan ta’minlangan va boshqa analoglardan yanada tezkor ishlashi bilan farqlanadi.
UMi Z qurimasida 4 GBli operativ xotira, 32 GB doimiy xotira va ikkita SIM-karta sloti ko‘zda tutilgan. USB Type-C porti va barmoq izi skaneriga ega. Modelga Sharp tomonidan yaratilgan IGZO ekran (Full HD aniqligida), 3780 mA/soat sig‘imidagi batareya, GPS, GLONASS, Bluetooth 4.1LE va Wi-Fi 802.11a/b/g/n interfeyslari o‘rnatilgan.
UMi Z Android 6.0 Marshmallow dasturida ishlaydi. Asosiy va old kameralarning aniqligi — 13 MP.
Smartfon 29 dekabrda Xitoyda sotuvga chiqadi, narxi 280 dollar atrofida bo‘lishi ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!