Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Tesla elektromobillariga o‘rnatiladigan mikrokomponentlar ishlab chiqarishni boshlaydi, deb xabar bermoqda Terabayt.uz sayti.
Samsung tomonidan tayyorlanadigan mikrochiplardan mashinaning avtopilot tizimida foydalanilishi ma’lum qilingan. Hozircha bu haqdagi boshqa tafsilotlarga oydinlik kiritilmagan. Biroq shunisi ma’lumki, Tesla elektromobillaridagi avtopilotning eng muhim qismini NVIDIA tomonidan yaratilgan Drive PX 2 superkompyuteri tashkil etadi.
Bundan tashqari, Samsung Lucid Motors kompaniyasiga litiy-ionli batareyalar etkazib berish bo‘yicha kelushuvgani erishgani haqidagi ma’lumotlar ham e’lon qilindi. Ushbu startap tez orada Tesla elektromobillariga jiddiy raqib bo‘lishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir oycha muqaddim Samsung AQShning audio/vizual mahsulot va texnologiyalar ishlab chiqaradigan Harman firmasini 8 milliard dollarga sotib olgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi