Ma’lumki, yirik kompaniyalar o‘z raqobatchilarining xodimlarini ishga yollash masalasiga jiddiy ishtiyoq bilan qarashadi. Sababi katta tajriba va ko‘nikmaga ega mutaxassis kompaniyani butunlay yangi darajaga ko‘tarishi mumkin.
Yaqinda AQShning Tesla Motors kompaniyasi IT-gigant Microsoft‘da etakchi diayner sifatida faoliyat yuritgan Endryu Kimni ishga yollab, uni bosh dizayner lavozimiga tayinladi. Endryu Kim Microsoft HoloLens loyihasi ustida uch yildan ko‘proq mehnat qilgan. Shuningdek, u Xbox One S pristavkasini takomillashtirishda ham o‘z hissasini qo‘shib kelgan. Hozircha Kim avtomobil kompaniyasida qaysi loyihalar bilan shug‘ullanishi noma’lum. Biroq shu narsa aniqki, elektromobil ishlab chiqarishda yangi davrni ochib bergan Tesla Motors firmasiga uning iste’dodi juda katta manfaat keltirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi