Xitoyning arzon narxli va kuchli texnik parametrlarga ega smartfonlar ishlab chiqaruvchi Meizu kompaniyasi 2014 yilda o‘zining ilk planshetini taqdim etishi kerak edi. Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra firma planshetlar tayyorlashni orqaga surib keldi.
Yaqinda kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha vise-prezidenti Yang Yan Flyme interfeysiga bag‘ishlangan konferensiyada Meizu planshetlar uchun mazkur dastur versiyasini yaratayotgani haqida so‘z yuritgan edi.
IXBT saytining yozishicha, Meizu bundan bir muddat ilgari Xitoydagi eng mashhur mikroblog – Weibo resursida o‘zining planshetlarga ajratilgan sahifasini ochgan. Sahifaning birinchi postida planshetlarga mo‘ljallangan Flyme OS tizeri o‘rin oldi.
Hozircha Meizu chiqaradigan planshetlar borasida qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum qilinmagan. Taxminlarga ko‘ra, ular Meizu X smartfoni bilan birgalikda namoyish etilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?