Ma’lumki, Apple kompaniyasining deyarli barcha qurilmalari Xitoyda ishlab chiqariladi. Aniqrog‘i, “Olma” qurilmalari Foxconn va Pegatron firmalari tomonidan tayyorlanadi. Biroq AQShda prezident o‘zgarishi munosabati bilan ayni paytda bir qator amerikalik brendlar o‘z mahsulotlarini tayyorlashni AQShga ko‘chirish masalasini o‘ylab ko‘rishmoqda. Bunga sabab amerikalik ishbilarmonlarning davlatga etarli miqdorda soliq to‘lamayotganidir. Eng qizig‘i, yangi hukumat Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga 45%lik boj joriy qilishni ham rejalashtirgan. Terabayt.uz yozishicha, shu maqsadda Apple ham Tayvanning yuqorida nomi kelgan ikki yirik kompaniyasidan iPhone’larni AQShda ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Hozircha Tayvanning Foxconn va Pegatron firmalari bu borada Apple’ga hech qanday javob bermadi. Biroq ular rozi bo‘lgan taqdirda ham, kelajakda Apple qurilmalarining narxi AQSh hududida tayyorlangani bois ikki baravarga oshishi mumkin. Bunday holat na ishlab chiqaruvchi va na mijozga xush keladi. Voqealar rivojini kuzatamiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!