14:15 / 15.11.2016
6 079

Telegram BotPrize tanlovining ilk g‘oliblarini e’lon qildi

Telegram BotPrize tanlovining ilk g‘oliblarini e’lon qildi

Telegram messenjerining blogida shu yilning aprel oyida tashkil etilgan BotPrize tanlovining birinchi g‘oliblari e’lon qilindi. Tanlovdan ko‘zlangan maqsad dasturchilarni samarali va kuchli botlarni yaratishga rag‘batlantirishdir. Tanlovning ilk g‘oliblariga jami 200 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan mukofot pullari taqdim etiladi.

G‘oliblar bilan tanishing:

@icon8bot – neyron tarmoqlar va elektron texnologiyalar yordamida tasvirlarga filtrlar qo‘llaydigan bot;

@integram_bot – Trello, Gitlab va Bitbucket kabi dasturlarni tashqi servislar bilan integrasiyalashga xizmat qiladigan bot;

@werewolfbot – Janubiy-Sharqiy Osiyoda mashhur Werewolf Game guruhli chatlariga mo‘ljallangan o‘yin;

@strangerbot – ikkita tasodifiy foydalanuvchilar o‘rtasida chatni ishga tushiradigan bot. Janubiy Evropa mamlakatlarida keng ommalashgan;

@octopocket_bot – Evroittifoq aholisi orasida o‘zaro pul yuborishga xizmat qiladigan “aqlli hamyon” (shu bilan birga Ispaniya bankomatlariga ham integrasiyalangan).

Telegram g‘oliblar qo‘lga kiritilgan yutuqlarni kelgusida botlarni rivojlantirishga yo‘naltirishiga umid bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram BotPrize tanlovining ilk g‘oliblarini e’lon qildi