Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi golografik texnologiyalar bilan kuchaytirilgan televizorlarning navbatdagi seriyasini patentladi. 3D texnologiyalarga ega bo‘lgan Samsung televizorlariga jahon bozorida kuchli talab kuzatilmadi. O‘tmishdoshlaridan farqli tarzda yangi golografik televizorlarga 3D kontentni namoyish qilish uchun qo‘shimcha aksessuarlarga zarurat bo‘lmaydi.
Terabayt.uz saytining yozishicha, majmua lazer nur manbai, boshqaruv bloki, fazoviy nur modulyatori, shuningdek foydalanuvchini kuzatish blokini o‘z ichiga oladi. Modullarning so‘nggisi golografik tasvirni optimallashtirish maqsadida ko‘zlarning joylashuvini aniqlashga mo‘ljallangan.
Patent buyurtmasi joriy yilning yanvarida berilgan, biroq hujjat endigina chop etilgan. Taklif qilingan tizimning amalga oshish muddatlari haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?