Odatda, telefonni bloklash uchun PIN-kod yoki barmoq izi skaneridan foydalanamiz. Biroq so‘nggi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bunday usullar ham telefonni tashqi xavfdan yaxshi himoya qilolmasligi mumkin ekan.
Terabayt.uz sayti yozishicha, xakerlar Wi-Fi signali orqali smartfondagi PIN-kodni aniqlash usuli topishdi. Xakerlar buning uchun qalbaki Wi-Fi nuqtasini yaratishadi va uzatilgan signal yordamida foydalanuvchi ishlatadigan PIN-kodni bilib olishadi. Buning oqibatini anglash esa u qadar murakkab emas.
Jarayon WindTalker dasturi yordamida amalga oshiriladi: u boshqa xakerlik dasturlaridan farqli o‘laroq, foydalanuvchi bosadigan tugmalarning tovushini ham aniqlash imkoniyatiga ega. Bularning barchasi Wi-Fi tarmog‘i orqali bajariladi.
Albatta, bundan xavotirga tushish kerak emas. WindTalker dasturi samarali ishlashi uchun bir qator muayyan sozlama va sharoitlar talab etiladi. Shunday bo‘lsa-da, bu ma’lumot smart qurilma foydalanuvchilari uchun ahamiyatli. Ayniqsa, jamoat joylaridagi bepul Wi-Fi tarmoqlarga ulanganda hushyor bo‘lish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi