12:45 / 11.11.2016
6 024

Nikon D5600 fotokamerasi taqdim etildi

Nikon D5600 fotokamerasi taqdim etildi

Bugun Yaponiyaning Nikon kompaniyasi yangi ko‘zgusiz Nikon D5600 fotokamerasini namoyish qildi. Ishlab chiqaruvchi mazkur modelni DX formatidagi boshlang‘ich kameralar turkumiga kiritgan.

Terabayt.uz saytining yozishicha, yangi fotokamera Nikon D5500 modeli bazasida yaratilgan, u CMOS formatidagi aniqligi 24,2 Mp bo‘lgan APS-C (23,5 x 15, 6 mm) datchik, Expeed 4 prosessori, ekspozisiyani o‘lchash va avtomatik fokuslash tizimi bilan jihozlangan.

Nikon D5600 fotokamerasidagi asosiy yangilik uning Nikon Snapbridge texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi bo‘ldi. Ushbu texnologiya yordamida bevosita suratga olish jarayonida tasvirlarni fotokameradan mobil qurilmaga uzluksiz uzatish mumkin. Bundan tashqari, Snapbridge kameradan suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga yuborish imkoniyatini ham taqdim etadi. Yuqoridagi imkoniyatlar Wi-Fi 802.11b/g/n, Bluetooth 4.1 LE va NFC modullari yordamida amalga oshiriladi.

Modelga sozlangan chaqnoq, stereofonik mikrofon, optik vidoiskatel va diagonali 3,2 bo‘lgan buriladigan sensorli displey o‘rnatilgan. Unda tashqi mikrofonni ulashga mo‘ljallangan slot, HDMI va USB 2.0 portlari ko‘zda tutilgan. Qurilma SD, SDHC va SDXC formatidagi xotira kartalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Fotokameraning og‘irligi 465 gramm (D5500 modelidan 5 grammga yengil). Hozircha kameraning narxiga aniqlik kiritilmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Nikon D5600 fotokamerasi taqdim etildi