18:42 / 04.11.2016
7 866

TeamViewer dasturida bir cmartfonni boshqa smartfondan boshqarish funksiya paydo bo‘ldi

TeamViewer dasturida bir cmartfonni boshqa smartfondan boshqarish funksiya paydo bo‘ldi

TeamViewer dasturi kompyuterlarni masofadan boshqarishga, fayllar almashishga va qurilmaga distansion xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan eng ommabop servislardan biri hisoblanadi.

Joriy haftada kompaniya muhandislari iOS, Android va Windows Phone platformalaridagi telefonlarga bir-biriga masofadan kirish imkoniyati qo‘shilgan TeamViewer 12 dasturining beta-versiyasini chiqarishdi.

Biroq Android tizimiga mo‘ljallangan rasmiy API’larning mavjud emasligi bois, bunday fuknsiya faqat cheklangan qurilmalarda ishlashi ma’lum qilingan (to‘liq ro‘yxat). TeamViewer 12 versiyasiga birinchi marotaba kopmyuterlardan Windows Phone dasturidagi smartfonlarni distansion boshqarish imkoniyati ham tatbiq etildi.

Bundan tashqari, yangi versiyaga bir qator qo‘shimcha o‘zgarishlar ham kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » TeamViewer dasturida bir cmartfonni boshqa smartfondan boshqarish funksiya paydo bo‘ldi