Caihong 5 nomli uchuvchisiz apparat bugun, ya’ni 2 noyabr kuni namoyish etildi. Apparat Xitoyning Chjuxay shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro aviasion-aerokosmik ko‘rgazma doirasida taqdim etildi. Dronlar orasida faoliyat radiusi eng kattasi shu hisoblanadi.
Osmon osti mamlakatining ulkan dronini China Aerospace Science and Technology Corporation shirkati ishlab chiqargan. Dronning qanotlari 21 metrligi kishini hayratga soladi. Caihong 5 havoda (10 km balandlikda) 60 soatgacha ishlashi mumkin. Apparatga 24tagacha raketa joylashadi.
Aytib o‘tish kerakki, 1999 yildan beri China Aerospace Science and Technology Corporation Xitoy armiyasiga harbiy aslahalar tayyorlab beruvchi asosiy kompaniyadir. Kompaniya mutaxassislari kosmik apparatlar, raketa tashuvchilar, strategik va taktik raketa tizimlari va erdagi qurilmalar yasash ustida ishlaydi. Bundan tashqari CASC mashinasozlik, kimyoviy sanoat, aloqa, transport jihozlari, kompyuterlar, atrof-muhit muhofazasi anjomlari tayyorlash ishlari bilan shug‘ullanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi