Biror narsaning o‘lchovlarini aniqlash haqida gap ketsa, birinchi navbatda, turli chizg‘ichlar, ruletka yoki lentalar ko‘z oldimizda gavdalanadi. Biroq yaqin kelajakda ixtiro etiladigan gadjetlar bunday yumushlarni innovasion usulda bajarishi mumkin bo‘ladi.
Terabayt.uyz saytining ma’lum qilishicha, Instrumments kompaniyasi mana shu maqsadda Instrumments 01 nomli maxsus gadjetni ishlab chiqdi. Yangi aksessuar kichikroq ruchka yoki marker shaklida yasalgan, qurilmaning bir uchida maxsus gardish va lazerdan iborat o‘lchov mexanizmi joylashsa, uning ikkinchi uchi ruchka, stilus yoki qalam vazifasini bajaradi.
Firma mutaxassislarining aytishicha, gadjet 0,1 mm aniqlikda predmetlarning o‘lchamini o‘lchashi mumkin. O‘lchangan buyumning o‘lchovlari bir vaqtning o‘zida smartfonda aks ettiriladi. Shuningdek, smartfondagi ilova orqali natijalarni boshqarish va ulashish mumkin.
Model dekabr oyida sotuvga chiqariladi, narxi 149 dollar atrofida bo‘lishi ma’lum qilingan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi