So‘nggi paytlarda “Olma”ning navbatdagi flagmani to‘g‘risida turli tafsilotlar internet tarmog‘ida e’lon qilinmoqda. Misol uchun, bundan bir necha kun avval Yaponiyaning Sharp kompaniyasi Apple iPhone 8 OLED displey bilan jihozlanishi haqidagi xabarni oshkor etgan edi. Bugun esa turli nashrlarda kelgusi yilda taqdim etiladigan Apple iPhone 8 simsiz zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi borasida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Xususan, Terabayt.uz saytining yozishicha, Apple qurilmalarini tayyorlaydigan Tayvanning Foxconn kompaniyasi hozirda simsiz zaryadlash texnologiyasi uchun zarur bo‘ladigan komponentlarni ishlab chiqmoqda ekan.
Aslida ko‘pchilik mazkur funksiyani shu yilning sentyabr oyida namoyish etilgan iPhone 7 modelida kutgan edi. Biroq ”olma” bu safar ham arqonni uzun tashlab qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz, mazkur funksiya Apple’ning eng kuchli raqibi bo‘lgan Samsung smartfonlariga allaqachon tatbiq etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi