Terabayt.uz saytining yozishicha, LG kompaniyasining navbatdagi muhim flagmanlaridan biri LG G6 modeli LG Inotek texnologiyasi bilan ta’minlanadi.
Mazkur texnologiya flagmanga foydalanuvchini aniqlashga yordam beradigan ko‘z yoy pardasi skaneri bilan bog‘liqdir. Ushbu skaner Samsung Galaxy Note 7 modelidagi singari old kameradan alohida emas, balki selfi-kamera bilan birgalikda bitta modulda joylashtiriladi. Bunday kombinasiyalangan modul korpusdagi joyni ham tejashga yordam beradi.
Avvalroq internet tarmog‘idagi saytlarda Janubiy Koreya kompaniyasining navbatdagi flagmani LG G6 bu yil taqdim etilgan G5 modelidagi kabi modulli dizayn ega bo‘lmasligi borasida turli xabarlar tarqalgan edi. Aftidan, LG yangi flagman dizayni va texnik xususiyatlarini nihoyasiga etkazib bo‘lgan va shu bois unga tegishli parametrlarni oshkor qilishni boshlagan ko‘rinadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi