23:00 / 28.10.2016
7 395

Apple taqdimotidan: yangi Macbook Pro va Apple TV

Apple taqdimotidan: yangi Macbook Pro va Apple TV

Kecha AQShning Apple kompaniyasi har yili o‘tkaziladigan kuzgi taqdimot doirasida yangi Mac noutbuklari va kompyuterlarini namoyish qildi. “Olma” tomonidan bu gal namoyish etilgan Macbook Pro taqdimotning eng asosiy gadjetiga aylandi. Bu yilgi Apple noutbuklari haqida avvalroq paydo bo‘lgan barcha mish-mishlar tasdiqlandi.

Korpus

Terabayt nashrining yozishicha, Macbook Pro noutbuki klaviaturasining yuqori qismida sensorli OLED texnologiyasida ishlangan TouchBar joylangan, yangi gadjet avvalgi Macbook’lardan bir muncha ixcham hamda alyuminiy korpusga ega bo‘lgan.


Noutbuk ikki xil versiyada tayyorlangan: birinchi 13,3 dyuymli ekran bilan jihozlangan kichik variantining korpus qalinligi 14,9 mm, og‘irligi – 1,3 kilogramm. Katta ekranli Macbook’ka esa 15,4 dyuymli displey o‘rnatilgan, og‘irligi – 1,8 kg.

Noutbuklarga samarali sovitishni ta’minlash uchun ikkita kuler o‘rnatilgan. Macbook Pro modelida sensorli trekpad ikki baravarga kattalashgan. U shishadan ishlangan va Force Touch texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Yangi texnologiyalar

Mana endi noutbukka qo‘llangan yangi texnologiya sensorli TouchBar haqida gaplashsak. Klaviaturaning yuqorisida joylangan yangi tachbar turli interfaol funksiyalarni bajarishi mumkin. Unda tizimni nazorat qilish funksiyalari (yorqinlik, tovush) va Siri assistentini chaqirishga xizmat qiladigan tugma ham ko‘zda tutilgan. Paneldagi boshqarish tugmalari tanlash va o‘rnatish mumkin.



Bundan tashqari, Apple ilk marotaba noutbukka daktiloskopik sensorni qo‘lladi. Bu yilgi Macbook Pro qurilmasida Touch ID quvvat tugmasiga integrasiyalandi va sapfirli himoya qobig‘i bilan qoplandi. Himoya tizimi uchun yangi Apple T1 chipi javob beradi. Eng qizig‘i, skaner foydalanuvchining barmoq izini aniqlab, avtomatik ravishda uning akkauntiga kiradi.

Prosessor va portlar

15,4 dyuymli Macbook Pro noutbukiga 2 133 MGs chastotada ishlaydigan Intel Core i7 prosessori o‘rnatilgan. Kichik versiya esa Core i5 yoki Core i7 prosessorlaridan quvvatlanadi. Noutbuklarning ikki tarafida ikkitadan USB Type-C (Thunderbolt 3) portlari joylangan. Chap tarafda 3,5 millimetrli audioslot saqlab qolindi.

Xotira

Yangi SSD-to‘plagichlar 2 TB xotiraga ega bo‘ldi, tezligi – 3,1 GB/s. Bu ko‘rsatkich avvalgi noutbukdan 50%ga yuqori.

Dastur va batareya

Yangi Macbook’lar macOS Sierra dasturi bazasida ishlaydi, qurilmaning batareyasi 10 soatlik avtonom ishlashni ta’minlaydi. 13,3 dyuymli versiya oddiy klaviatura va USB Type-C porti bilan ham sotuvga chiqarilishi rejalangan. U aynan MacBook Air ixlosmandlariga mo‘ljallanadi.

Narx

13,3 dyuymli Macbook Pro $1799, 15,4 dyuymli versiyasi esa $2399 narxida sotuvga chiqadi. Ikkita USB Type-C port va oddiy mexanik klaviatura bilan jihozlangan versiyaning narxi esa 1499 dollarni tashkil qiladi.

Yangi Apple TV ilovasi

Noutbuklardan tashqari, firma Apple TV pristavkasi va iOS bazasida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun yangi TV deb atalgan ilovani ham taqdim etdi. Ilovaga Siri assistenti integrasiyalandi. Shuningdek, unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiyani soshlash funksiya ham joriy etildi.

Ilovani Apple TV, iPhone va iPad qurilmalariga o‘rnatsa bo‘ladi. Ilovadagi ma’lumotlar qurilmalar orasida sinxronlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple taqdimotidan: yangi Macbook Pro va Apple TV