Izchillik bilan amalga oshirilayotgan jarayonning birinchi bosqichida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatini mas’ul xodim qabul qilib, axborot tizimiga kiritadi.
Ikkinchi bosqichda maxsus ishchi guruhi o‘rgangach, tegishli vazirlik, idora va hokimliklarga murojaat qilinadi.
Uchinchi bosqichda murojaatlar vazirlik, idora va hokimiyat organlarida qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, ko‘tarilgan masalalar hal etilmoqda. Bu haqda pm.gov.uz orqali yoki yozma ravishda tasdiq olinadi.
To‘rtinchi bosqichda ishchi guruhi tomonidan ikki ish kunida tegishli vazirlik, idora va hokimliklarning murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni hal etish natijalari to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqiladi. Agarda muammo yuzasidan qoniqarsiz qaror qabul qilingan bo‘lsa, ariza Bosh prokuraturaning axborot tizimiga arizalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha yo‘naltiriladi. Bu haqda O‘zLiDePning Toshkent viloyati kengashidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri qabulxonasi huquqshunosi Sanjar Evadillaev ma’lum qilmoqda.
O‘zLiDeP qabulxonasi orqali hozirga qadar 1,8 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi. Ularning 40 foizi propiska, biopasport olish va fuqarolik masalalariga taalluqli. Ma’lum qismini sodir etilgan o‘g‘irlik, firibgarlik holatlari, shuningdek, tergov harakatlarini amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ichki ishlar organlariga ishga kirish va qayta tiklash, banklardan sarmoya olish va shu kabi masalalar tashkil etayotir.
Ayni vaqtda murojaatlarning 1 ming 480 tasi ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lsa, 320 murojaat yuzasidan tushuntirish berilgan.
Bu raqamlar Bosh vazirning virtual qabulxonasiga kelayotgan har bir murojaat qat’iy nazoratga olinganidan, ularda ko‘tarilgan masalalar tezda echim topayotganidan dalolatdir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin