Tayvanning ASUS kompaniyasi o‘rtacha narx segmentiga mansub 14 dyuymli VivoBook Max X441 noutbukini namoyish qildi. Model uy va ofisda kundalik ishlarni bajarishga mo‘ljallangan, mobil va ixcham. Gadjet turli konfigurasiya va ranglarda ishlab chiqariladi.
ASUS VivoBook Max X441 qurilmasiga Intel’ning eng sodda Celeron chipidan boshlab ettinchi avloddagi ilg‘or Core i7 (Kaby Lake arxitekturasi) prosessorilari, shuningdek, 2 GB videoxotiraga ega NVIDIA GeForce 930MX grafikasi o‘rnatiladi. Noutbukka 16 Gbgacha bo‘lgan DDR4 operativ xotira, 2 TB vinchester joylanishi mumkin. Ekran konfigurasiyaga qarab HD yoki Full HD aniqligida bo‘ladi.
Gadjetning gabaritlari 348 x 242,8 x 27,6 mm, og‘irligi 1,75 kilogramm. Besh xil rangda sotuvga chiqariladi. Hozircha modelning narxi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...