Yaponiyaning Prodrone kompaniyasi inson qo‘llariga o‘xshash mexanik manipulyatorlarga ega multikopterni taqdim etdi, deb yozadi «Hi-tech.mail.ru». Uchuvchisiz uchar qurilma 20 kilogrammgacha og‘irlikdagi yukni ko‘tara oladi.
Dron PD6B-AW-ARM deb nomlandi. U havo orqali yuk tashish uchun mo‘ljallangan uchuvchisiz qurilmadir. Ikkita mexanik qo‘lning har bittasi 10 kilogrammgacha yuk ko‘taradi.
Manipulyatorlar sharofati bilan dron turli-tuman yuklarni ko‘tara oladi. Ularni maxsus mahkamlash materiallaridan foydalanib tashishga tayyorlash shart emas. Asosiysi, uchar qurilma ob’ektga qo‘llari yordamida birikib olsa, bo‘ldi.
Multikopterning boshqa texnik xususiyatlari raqobatchilarinikidan ko‘p ham farq qilmaydi. U soatiga 60 km tezlikda harakatlana oladi, ichki akkumulyatorining quvvati esa o‘rtacha 30 daqiqalik parvozga etadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?