18:08 / 27.02.2017
4 886

«Lokomotiv» Toshkentda «Al-Ahli»ni ishonchli tarzda engdi

«Lokomotiv» Toshkentda «Al-Ahli»ni ishonchli tarzda engdi

Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" hamda BAAning "Al-Ahli" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi.

Unda 2:0 hisobi qayd etilib, "temiryo‘lchilar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 20-soniyasidayoq hisob ochildi. Bikmaevning chap qanotdan ko‘targan to‘pini Salamat Quttiboyev boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. 57-daqiqada bo‘lsa, tinib-tinchimas Bikmaevning o‘zi birga-bir vaziyatda ikkinchi golni urdi.

Shu tariqa "Loko" juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Osiyo Chempionlar ligasi, 2-tur
"Lokomotiv" - "Al-Ahli" — 2:0

Gollar: SalamatQuttiboyev (1), Marat Bikmaev (57)
"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Sardor Mirzaev, Islom To‘xtaxo‘jaev, Muhammad Kone, Shuhrat Muhammadiev, Kaxi Maxaradze, Temur Kapadze, Oleg Zoteev, Jaloliddin Masharipov, Salamat Quttiboyev, Marat Bikmaev.
"Al-Ahli": Majid Nosir, Salmin Hamiz, Asamoa Giyan, Habib al-Fardan, Volid Abbos, Everton Ribero, Hamiz Ismoil, Muhammad Sebil, Abdulaziz Sanqur, Majid Hassan, Makete Diop.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lokomotiv» Toshkentda «Al-Ahli»ni ishonchli tarzda engdi