5 109
FIFA talqiniga ko‘ra «Lester»ni Angliya chempionligi sari etaklab kelgan Klaudio Raneri 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi
Italiyalik mutaxassis Klaudio Raneri FIFA talqiniga ko‘ra 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi nomini qo‘lga kiritdi. «Lester»ni Angliya chempionligi sari boshlab kelgani bunga asosiy sababdir.
Eng yaxshilarni aniqlashda FIFA nafaqat terma jamoa murabbiylari va sardorlarining, balki sport jurnalistlari va muxlislarning ovozini ham inobatga olgandi. Ovoz berish yakunlarida har bir guruhning ulushi 25 foizni tashkil etib, teng huquqda ko‘rilgani e’tiborga molik.
Raneriga «Real» klubi ustozi Zinedin Zidan hamda Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush raqobatchilik qilgandi. Zidan boshqarayotgan jamoa 2016 yilda 3 ta musobaqani yutib olgandi: Evropa chempionlar ligasi, Evropa superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. Fernandu Santush boshqarib borgan Portugaliya terma jamoasi esa Evro—2016 chempionligini tantana qilgandi.
Klaudio Raneriga FIFA sovrinini afsonaviy futbolchi Diego Armando Maradona topshirdi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?