"Barselona" hujumchisi Neymar Ispaniya chempionati doirasida "Vilyarreal"ga qarshi kechgan o‘yinda (1:1) gol urishning uddasidan chiqa olmadi.
Shu tariqa 24 yoshli hujumchining kataloniyaliklar safidagi golsiz seriyasi 11 ta o‘yinga etdi. Neymar oxirgi marta "Barselona" safidagi rasmiy o‘yinda 19 oktyabrda "Manchester Siti"ga qarshi EChL doirasida kechgan o‘yinda gol urgan edi (4:0).
Neymar 11 noyabrda Braziliya terma jamoasi safida JCh saralashi doirasida Argentinaga qarshi kechgan bahsda gol urgan (3:0). 13 dekabrda esa "Barselona" tarkibida "Al Ahli"ga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida gol kiritgan.
Neymar joriy mavsum Ispaniya chempionatida 14 o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi