Poytaxtda o‘z mashg‘ulotlarini davom ettirayotgan jamoamiz tarkibiga bugun ikki nafar legioner kelib qo‘shildi.
Legionerlardan biri jamoamizning dekabr oyidagi mashg‘ulotlarida ishtirok etgan Vladislav Kosminin bo‘lib, uning harakatlari murabbiylar shtabiga ma’qul kelganligi bois yana jamoaga taklif etildi. Ikkinchisi turkmanistonlik Oltimurot Annadurdiev hujum chizig‘ida to‘p tepadi. Oltimurot Turkmaniston chempioni "Oltin Asr" jamoasidan ko‘rikka chaqirilgan.
Jamoamizning mashg‘ulotlari kuniga ikki mahaldan olib borilmoqda. Toshkentdagi bu yig‘in 10 yanvarga qadar davom etadi. 9 yanvar kuni Namanganning "Navbahor" jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi.
Vladislav Kosminin
17 yanvar 1990 yilda tavallud topgan.
Fuqaroligi: Belorussiya
Ampluasi: Himoyachi
Bo‘yi: 197 Vazni 87
Futbolchilik faoliyati davomida asosan "Naftan" jamoasi sharafini himoya qilgan. Yurtimizga kelgunga qadar Grodnoning "Neman" jamoasida to‘p tepgan.
Altimurat Annadurdiev
13 aprel 1993 yilda tavallud topgan.
Fuqaroligi: Turkmaniston
Ampluasi: Hujumchi
Futbolchilik faoliyati davomida "Axal" va "Oltin Asr" jamoasida to‘p tepgan. 2016 yilda "Oltin Asr" jamoasida Turkmaniston chempioni va kubogi sohibi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi