Xalqaro futbol uyushmasi FIFA yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan sovrin taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Bunga qadar FIFA va France Football nashrlari birlashib, «Oltin to‘p» marosimini o‘tkazib kelar, unda yilning eng yaxshi futbolchisi uchun milliy terma jamoa murabbiylari va sardorlari ovoz berib kelardi.
2016 yilga kelib esa France Football o‘zi asos solgan sovrinni FIFAdan alohida o‘tkazishga qaror qildi va jahonning etakchi nashrlari hamda jurnalistlari yordamida g‘olibni aniqladi. Unga ko‘ra Krishtianu Ronaldu faoliyati davomidagi to‘rtinchi «Oltin to‘p» bilan taqdirlandi.
Shu tariqa FIFA tashkilot talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisini o‘zi aniqlaydigan bo‘ldi. Bu borada FIFA «Oltin to‘p» bilan raqobatlasha oladigan sovrin o‘ylab topishi kerak edi. Topildi: The Best.
O‘zbek tiliga «Eng zo‘r» deb tarjima qilinadigan sovrin birinchi bo‘lib kimga nasib qilishi ma’lum emas. Bu borada FIFA terma jamoa murabbiylari va sardorlarining ovoziga suyanishda davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi