«Barselona» jamoasi hujumchilari Lionel Messi va Luis Suarez Yaponiya televideniesidagi bir sinovda ishtirok etib, tomoshabinlarni hayratga soldi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Sinov shartlariga ko‘ra, futbolchilar bir-biriga olisdan to‘p uzatishi, bunda koptok erga tegishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim edi.
Futbolchilar paslar uzoqligini o‘lchovchi ulkan jadval oldida joylashgan ko‘yi shartni bajardi.
Messi va Suarez to‘p uzatishni to‘xtatmasdan bir-biridan uzoqlashib bordi. Natijada eng olis uzatish masofasi 56 metrni tashkil qildi.
[media=https://youtu.be/paO7GIUNroc]
Mazkur natija ushbu sinov uchun yangi rekord bo‘ldi. Eski rekord bundan 21 metrga qisqaroq bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi