"Chempionat" internet nashri Rossiya chempionatiga kelgach transfer qiymati oshib ketgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi va unga Odil "Krasnodar" yarim himoyachisi Odil Ahmedovni ham kiritdi, deb xabar bermoqda Fut.uz sayti.
Odil Ahmedov Premer ligada o‘ynagunga qadar 1,5 million evroga baholangani va hozirga kelib 9 million evro turishi ko‘rsatilgan.
"Odil Ahmedov kabi mehnatkash va bardoshli futbolchilar Osiyoda yuksak qadrlanadi. Shunday ekan, Odil xitoylik futbol sarmoyadorlari e’tiboriga tushgani ajablanarli emas.
Ammo "Krasnodar" xo‘jayini Sergey Galiskiy yarim himoyachini arzonga berib yubormaydi. Birinchidan, Galiskiy uchun pul muammo emas, kerak bo‘lsa uning o‘zi "Shandun"ning istalgan futbolchisini sotib olishi mumkin.
Ikkinchidan esa, Odil Ahmedovning transfer qiymati Rossiya chempionatidagi faoliyati davomida ancha o‘sdi. Bunday futbolchini agar qo‘yib yuborishsa ham, katta pul evaziga sotishlari turgan gap. Bu o‘rinda gap pulda ham emas, balki prinsipda", - deyiladi "Chempionat" nashrining maqolasida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi