8 187
«Real» rahbariyati muvaffaqiyatlarini Krishtianu Ronaldu uslubida nishonlaydigan Shahram G‘iyosov bilan aloqaga chiqdi
Boks bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan Shahram G‘iyosovga «Real» vakillari minnatdorchilik izhor qildi. Bu haqda bokschi News Arena gazetasiga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tgan, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Tadbirkor Bekzod Ortiqov gazetaning 15 dekabr kuni chop etilgan sonida Shahram G‘iyosovga murojaat qilib, Krishtianu Ronalduning gol nishonlash uslubidan foydalanishi unga futbolchining o‘zi bilan suhbatlashish imkonini bergani yoki yo‘qligiga qiziqqan.
«Shaxsan Ronaldu bilan suhbatlashishning imkoni bo‘lmadi. Madridning ‘Real’ klubi vakillari aloqaga chiqishdi», — deb aytib o‘tgan Shahram G‘iyosov.
«Jamoamiz a’zosiga tegishli uslubni eng nufuzli musobaqa — Olimpiadada qo‘llab, bizga bo‘lgan hurmatingni namoyish etding. Bundan juda baxtiyormiz. O‘ylaymizki, sen bilan uchrashish nasib etadi. Bu yo‘lda imkoniyatni ishga solamiz», — deb «Real» tomoni Shahram G‘iyosovga minnatdorchilik bildirgan.
Shahram G‘iyosov, shuningdek, futbolni yaxshi o‘ynay olishiga oydinlik kiritgan.
Bokschi savolga javobida «Real»dan kim va qachon aloqaga chiqqaniga oydinlik kiritmagan. «Real» tomonidan bildirilgan fikrlar telefon orqali suhbatda aytilganmi yoki matkub sifatida yozilganmi ma’lumot berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi