03:19 / 23.12.2016
5 467

Krishtianu Ronaldu Falastinda yil odami deb tan olindi

Krishtianu Ronaldu Falastinda yil odami deb tan olindi

Madridning «Real» futbol klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Falastinda yil odami deb tan olindi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Mazkur voqeaga bag‘ishlangan tantanali marosimda 1200 kishi, jumladan, Falastin etakchisi Mahmud Abbos ham qatnashgan.

Xabar berishlaricha, futbolchi «sportdagi va insoniy sifatlari uchun» alohida e’tirofga sazovor bo‘lgan.

2016 yilning mart oyida Ronaldu bombardimon oqibatida oilasidan ayrilgan falastinlik 5 yoshli etim bola bilan uchrashgan edi.

Qayd etishlaricha, yaqin vaqt ichida mukofot Ispaniyaga etkaziladi va Ronalduga shaxsan topshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu Falastinda yil odami deb tan olindi