19:25 / 13.12.2016
5 490

Umar Momani: Ronalduning tilla to‘pi, superklasiko, Vardi va Pep

Umar Momani yangi karikaturalarni taqdim etdi.

1. Obameyang va Roys
Umar Momani: Ronalduning tilla to‘pi, superklasiko, Vardi va Pep

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida "Real" o‘z uyida "Borussiya"ni qabul qildi va durang o‘ynadi. Obameyang va Roys jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

2. Borimiz shu!

"Arsenal" jamoasi klub futbolchilari Aleksis Sanches va Mesut O‘zilga yangi shartnoma taklif qildi, ammo o‘yinchilar shartnoma shartlaridan noroziga o‘xshaydi.

3. Iguain va Belotti

Yakshanba kuni "Yuventus" jamoasi "Torino" klubi ustidan g‘alaba qozonishdi. Andrea Belotti va Gonsalo Iguain "hamshaharlari"dan ajoyib "tushlik" tayyorlashdi.

4. Miki Mxitaryan

Armanistonlik fubolchi Xenrix Mxitaryan nihoyat "Manchester Yunayted"dagi birinchi golini kiritdi, u ham bo‘lsa, "Tottenxem" jamoasi darvozasiga urildi.

5. Superklasiko

Argentinada ham klasiko bor, faqat u superklasiko. "Boka Xuniors" va "River Pleyt" jamoalarining to‘qnashuvi shunday ataladi. Lekin bu safargi o‘yin "Boka" muxlislari uchun taqiqlandi.

6. Vardi Pepni qidirmoqda

Angliya chempionatining 15-turida "Manchester Siti" jamoasi "Lester" mehmoni bo‘ldi va Vardining xet-triki hisobiga mag‘lubiyatga uchradi. Gvardiolani ko‘rmadingizmu, demoqda Vardi.

7. Ronalduning tilla to‘pi

"Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining to‘rtinchi "Oltin to‘p"ini qo‘lga kiritdi. "Frans Press" nashri bu yilgi sovrin Ronalduniki ekanini e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umar Momani: Ronalduning tilla to‘pi, superklasiko, Vardi va Pep