16:41 / 12.12.2016
6 327

Ronaldu «Oltin to‘p»ni topshirish marosimiga bormaydi

Ronaldu «Oltin to‘p»ni topshirish marosimiga bormaydi

«Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu France Football nashri tomonidan o‘tkaziladigan «Oltin to‘p»ni topshirish marosimida ishtirok etmaydi.

The Mirror nashri xabariga ko‘ra, bu portugaliyalik futbolchining jamoasi safida klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi bilan bog‘liq. U jamoasi bilan Yaponiyaga uchib ketgan.

15 dekabr kuni «Real» musobaqa yarim finalida Meksikaning «Amerika» klubiga qarshi maydonga tushadi. Final bahsi 18 dekabrga belgilangan.

«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi esa bugun bo‘lib o‘tadi. Bundan oldingi xabarlarda Ronaldu ushbu mukofotni o‘zi olishi haqida xabardor qilingani aytilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu «Oltin to‘p»ni topshirish marosimiga bormaydi