«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu urugvaylik hujumchi Luis Suares bilan shartnoma uzaytirilishi bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar haqida gapirdi, deb yozmoqda Tribuna.uz sayti.
«Suares shartnomani uzaytirishga rozi. Biz u bilan deyarli kelishib oldik. Yaqin kunlarda yangi shartnoma tuzilganini e’lon qilamiz. Balki bu muxlislar uchun Rojdestvo sovg‘asi bo‘lar.
Biz u bilan uzoqroq muddatga shartnoma imzolamoqchi edik. Ammo ba’zi qoidalar tufayli u bilan shartnoma 2022 yilgacha bo‘ladi. U faoliyatining oxiriga qadar biz bilan qolsa, xursand bo‘lamiz», deya Bartomeuning so‘zlarini keltirgan Uruguay’s Radio Vision sayti.
Urugvaylik futbolchi kataloniyaliklar jamoasiga 2014 yilda kelgan. Ayni vaqtda 29 yoshla bo‘lgan Suares bilan amaldagi shartnoma muddati 2019 yilning 30 iyuniga qadar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin